ALOQA UCHUN

YUKSAK E’TIROF — FIDOKORONA MEHNATGA MUNOSIB BAHO

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida yurtimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh vatandoshlarimizni davlat mukofotlari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
 
Tantanali tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay O‘rinbayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Mustaqillik bayramining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi hamda yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning xizmatlarini alohida e’tirof etdi.
 
Quvonarlisi, yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganlar orasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.N. Botirova hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpog‘iston hududiy filiali direktori A.S. Nurimbetov ham bor.
 
Ular Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumining tegishli qaroriga muvofiq “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoniga munosib deb topildi.
 
Mazkur yuksak e’tirof — energetika sohasini rivojlantirish, hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va xalqimizga sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona mehnatga berilgan munosib bahodir.
 
Davlat mukofoti soha vakillari uchun nafaqat katta sharaf, balki yanada katta mas’uliyat va yangi marralar sari muhim rag‘batdir.
 
Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!

 

  • 02.09.2026
  • 9
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Sayt xaritasi