ALOQA UCHUN

Eng kо‘p beriladigan savollar

Savol. Ayni paytda mamlakatimizda elektr enegiyasining 1  kVt soat uchun narxi qancha ?

Javob.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 sentabrdagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 475-sonli qaroriga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2023 yil 1 oktabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari quyidagicha:

Aholi ite’molchilari uchun – 295 sо‘m;

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy iste’molchilar uchun -  147,5 sо‘m;

Yuridik  iste’molchilar uchun -  900 sо‘m.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ va uning tarkibiga kiruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalar, byudjet tashkilotlari, shuningdek, nasos stansiyalari iste’mol qiladigan elektr energiyasining davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan qismi uchun  1000 sо‘m.

 

Savol. Elektr tarmoqlariga subiste’molchi sifatida ulanish mumkinmi va bu qanday tarzda bо‘ladi?

Javob. Subiste’molchi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi roziligi bilan boshqa iste’molchining elektr tarmoqlariga bevosita ulangan va u bilan elektr ta’minoti yuzasidan shartnoma tuzgan iste’molchi.

Subiste’molchilarga о‘z tarmoqlari orqali elektr energiyasini yetkazib beruvchi iste’molchilar subiste’molchilarning elektr energiyasi iste’molini hisobga olgan holda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr energiyasining umumiy (jami) miqdori bо‘yicha elektr ta’minoti shartnomasini tuzadi.

 

Savol. Elektr energiyasini hisoblash hisoblagichi iste’molchi aybi bilan buzilganda kim tomonidan va mablag‘idan tuzatiladi?

Javob. Hisobga olish iste’molchining aybi bilan buzilgan taqdirda (tok va kuchlanishni о‘lchash transformatorlarining ishdan chiqishi, shuningdek, ikkilamchi kommutatsiya, hisobga olish asboblarining shikastlanishi va ularning yо‘qolishi) hisobga olish nazorat qilish asboblarini va ularga tegishli asbob-uskunalarni almashtirish, ta’mirlash, davlat qiyosloviidan о‘tkazish va о‘rnatish iste’molchi tomonidan ular qiymati va kо‘rsatilgan xizmatlar uchun haq tо‘langan holda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Savol.Hisobga olish priborining qiyoslovdan о‘tkazish oralig‘i tugashi bilan elektr energiyasini hisoblash tartibi qay tarzda amalga oshiriladi?

Javob.Agar, maishiy iste’molchining elektr energiyasini hisobga olish priborining qiyoslovdan о‘tkazish oralig‘i tugashi bilan elektr ta’minoti korxonasi tomonidan belgilangan tartibda qiyoslov tadbirlari о‘tkazilmagan bо‘lsa, unda ushbu iste’molchi qiyoslovdan о‘tkazish muddati tugagan hisobga olish priborining kо‘rsatkichlariga kо‘ra elektr energiyasi haqini tо‘laydi.

Bunda elektr ta’minoti korxonasi maishiy iste’molchi tomonidan qiyoslovdan о‘tkazish muddati tugagan hisobga olish priboridan foydalangan elektr energiyasi uchun qaytadan hisob-kitob qilish huquqiga ega emas.

 

Savol.Hisobga olish asbobini mustaqil qiyoslovdan о‘tkazish mumkinmi?

Javob. Maishiy iste’molchi о‘z hisoblash asbobini «О‘zstandart» agentligida mustaqil qiyoslov о‘tkazish huquqiga ega. Bunda elektr ta’minoti korxonasi maishiy iste’molchining birinchi talabiga kо‘ra elektr energiyasini hisobga olish priborini bepul yechish, о‘rnatish, plombalash va rо‘yxatdan о‘tkazishga majbur.

  • 3283
Sayt xaritasi