ALOQA UCHUN

Vakant o'rinlar

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boʻsh ish oʻrniga taklif etadi!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ CAS dasturiy kompleksi bilan ishlash boʻlimi mutaxassisi lavozimiga munosib nomzodlarni ishga taklif qiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar:

  • • ASKUE dasturi (CAS tizimi) bilan ishlash boʻyicha amaliy koʻnikma va tajriba;
  • • PLC G3 va RF (radiochastota) aloqa texnologiyalarini bilish hamda ular bilan ishlash koʻnikmasi;
  • Zamonaviy elektr energiyasi hisoblagichlarining turlari, ishlash prinsipi, ulardan maʼlumotlarni oʻqish va masofadan boshqarish imkoniyatlarini mukammal bilish;
  • Hisoblagichlarga tashqi taʼsir koʻrsatilgan holatlarni tahlil qila olish va masofaviy diagnostika oʻtkazish koʻnikmasi;
  • • Yuqori darajadagi kompyuter savodxonligi: MS Excel, MS PowerPoint, Active Directory (AD), Cisco VPN
  • Til bilishi: Rus yoki ingliz tillaridan kamida bittasini bilish qoʻshimcha afzallik beriladi;
  • Analitik fikrlash, yuksak masʼuliyatlilik va jamoada samarali ishlay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.

 

Asosiy vazifalar:

  • • CAS/ASKUE tizimining uzluksiz va barqaror ishlashini doimiy nazorat qilish;
  • Elektr energiyasi hisoblagichlaridan kelayotgan maʼlumotlarni uzluksiz monitoring va tahlil qilish;
  • Tizimdagi aloqa nosozliklarini oʻz vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish;
  • Masofaviy diagnostika ishlarini olib borish va texnik qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish;
  • Tizim samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda hisobotlar tayyorlash.

Nomzodlar oʻz ma’lumotnomalarini (CV-Word shaklida, rus yoki oʻzbek tillarida) info@het.uz elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.

 

Bogʻlanish uchun  (78) 150-75-60  telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

 

Hujjatlar qabul qilish muddati: 2026-yil 10-iyul, soat 18:00 gacha.

  • 78025
Sayt xaritasi