ALOQA UCHUN

Davlat xizmatlari

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDAN YANA BIR QULAYLIK

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari kо‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-5278-sonli qarori hamda 2020 yil 31 yanvardagi “Davlat xizmatlari kо‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF-5930-sonli farmoniga asosan,  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga sifatli va tezkor ulash hamda mukammal shartnomaviy xizmatlar kо‘rsatish maqsadida “Davlat va shartnomaviy xizmatlarni rivojlantirish” filiali tashkil etildi.

Filial tomonidan murojaatchilarga quyidagi xizmatlar kо‘rsatiladi:

· iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulashda texnik shartlar ishlab chiqish va taqdim etish;

· respublika hududidagi barcha turdagi murojaatchilarni “foydalanishga tayyor holda” elektr tarmoqlariga ulash; 

· elektr qurilmalarini barcha kuchlanishdagi elektr tarmoqlariga ulashda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;

· elektr tarmoqlariga ulanishda barcha kuchlanishdagi elektr ta’minoti loyihalarini kelishish;

· elektr qurilmalariga texnik xizmat kо‘rsatish;

· qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish-montaj ishlarini olib borish;

· elektr qurilmalariga laboratoriya va sinov-sozlash xizmatlarini kо‘rsatish;

· yangi ulanayotgan iste’molchilarni “Elektrohisob” kompleks dasturiga kiritish va boshqa xizmatlar.

Endilikda siz о‘z mablag‘ingizni hamda vaqtingizni tejagan holda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) filialga murojaat qilishingiz hamda malakali mutaxassislarimiz tomonidan elektr tarmoqlariga ulashda tayyorlangan loyiha hujjatlariga asosan elektr tarmoqlarini qurish va montaj ishlarini sifatli bajarishingiz mumkin.

 

Қуввати 20 кВтдан юқори истеъмолчиларга техник шарти бериш хизматининг РЕЕСТРИ

Қуввати 20 кВтдан юқори истеъмолчиларни электр тармоқларига улашда лойиҳа хужжатларини келишиш хизматининг РЕЕСТРИ

  • 12164