Yoshlar ishlari agentligi boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ular bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan о‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida Jamiyat tizimida yil boshidan buyon yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida bajarilgan ishlar yuzasidan taqdimot о‘tkazildi.
Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati tо‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, Prezidentimizning 2026 yil 24 fevral kuni yoshlar bilan о‘tkazgan ochiq muloqotida belgilab berilgan vazifalarning bajarilishi muhokama qilindi.

Xususan, har haftaning payshanba kuni — “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, ularning murojaatlarini о‘rganish va mavjud muammolarini hal qilish, shuningdek, 2026 yilgi “Yoshlar dasturi” ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, yosh xodimlarning taklif va tashabbuslarini qо‘llab-quvvatlash, yoshlar masalalari bо‘yicha mas’ul xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bо‘lgan vazifalar kо‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida yoshlarga oid davlat siyosati ijrosini yanada takomillashtirish, yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish va belgilangan vazifalarning о‘z vaqtida hamda samarali bajarilishini ta’minlash bо‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.