“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Şartnomaviy xizmatlar va mahsulot işlab çiqarişni monitoring qiliş boşqarmasi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy filialida şahar va tuman elektr ta’minoti korxonalari rahbarlari iştirokida tanqidiy ruhda videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Yiğilişda iste’molçilardan kelib tuşayotgan murojaatlar bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş, murojaatçilarga körsatilayotgan xizmatlar kölami va sifatini oşiriş, şuningdek, belgilangan reja körsatkiçlarining yil yakuniga qadar töliq bajarilişini ta’minlaş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, hududlarda amalga oşirilayotgan quriliş-montaj işlarining borişi tahlil qilinib, davlat va şartnomaviy xizmatlar körsatiş yönalişidagi mavjud kamçiliklar hamda ularni bartaraf etiş çoralariga alohida e’tibor qaratildi.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş, xizmat körsatiş jarayonlarida mas’uliyat va ijro intizomini kuçaytiriş yuzasidan tegişli rahbar va mas’ullarga aniq topşiriqlar berildi.
Ayni paytda Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy filiali mas’ullari iştirokida joylarda maxsus örganiş işlari olib borilmoqda. Unda xizmatlar körsatiş sifati, quriliş-montaj işlarining holati va belgilangan reja körsatkiçlari ijrosi atrofliça örganilmoqda.