Bolalar xavfsizligi – doimiy e’tibor va mas’uliyat talab qiladigan masala. Ayniqsa, elektr energiyasidan foydalanishda ehtiyot choralariga amal qilish, xavfli vaziyatlarni tо‘g‘ri anglash va zarur paytda oqilona harakat qilishni yoshlikdan о‘rgatish muhim ahamiyatga ega.

Shu maqsadda mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida о‘quvchilarning elektr xavfsizligi bо‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari о‘tkazilmoqda. Uchrashuvlar davomida bolalar hayotida uchrashi mumkin bо‘lgan xavfli holatlar, ularning oldini olish choralari va elektr toki bilan bog‘liq ehtiyotsizlikning og‘ir oqibatlari haqida tushunchalar berilmoqda.

Bunday tadbirlarda asosiy e’tibor faqat xavfsizlik qoidalarini tushuntirishga emas, balki о‘quvchilarda xavfni о‘z vaqtida anglash va tо‘g‘ri qaror qabul qilish kо‘nikmalarini shakllantirishga qaratilmoqda. Xususan, elektr simlariga tegmaslik, ochiq yoki uzilgan simlardan uzoq turish, transformator punktlari va boshqa elektr qurilmalariga yaqinlashmaslik, xavfli holat kuzatilganda esa zudlik bilan kattalarga xabar berish zarurligi uqtirilmoqda.

Ana shunday ma’rifiy tadbirlardan biri «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 288-umumta’lim maktabida ham tashkil etildi. Uchrashuv davomida о‘quvchilarga elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish, xavfli vaziyatlarda tо‘g‘ri harakat qilish va elektr toki bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
