ALOQA UCHUN

KASABA UYUSHMASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YО‘LIDA MUHIM QADAM

Bugun, 23 oktabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ majlislar zalida Jamiyatning birlashgan kasaba uyushmasi qо‘mitasi ta’sis konferensiyasi bо‘lib о‘tdi.

Unda О‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining birinchi о‘rinbosari S. Tо‘xtayev, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati hamda Jamiyat tizimidagi korxonalarning boshlang‘ich kasaba uyushmasi qо‘mitalari raislari ishtirok etdilar.

Konferensiyada birlashgan kasaba uyushmasi qо‘mitasini tashkil etish, uning faoliyatini samarali yо‘lga qо‘yish, shuningdek, xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.


Tadbir davomida Jamiyatning birlashgan kasaba uyushmasi qо‘mitasi 19 nafar a’zodan iborat tarkibda shakllantirildi. Birlashgan kasaba uyushmasi tashkiloti raisi lavozimiga Jamiyat Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i K. Xusanovaning nomzodi taklif etildi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Shuningdek, birlashgan kasaba uyushmasi tashkiloti rayosati va taftish komissiyasi a’zolari saylandi.

Konferensiya yakunida tizimdagi kasaba uyushmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda jamoada ijtimoiy sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

  • 23.10.2026
  • 18
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Sayt xaritasi