“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Davlat tili – millat ruhi va g‘ururi” mavzusida xodimlar o‘rtasida umummilliy diktant tashkil etildi.


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi xodimi M. Jumayev ishtirikida o‘tkazilgan mazkur diktant jarayonida xodimlar o‘zbek tilining imlo qoidalari, adabiy til meyorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ushbu tashabbus xodimlarning yozma savodxonligini oshirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Tadbir yakunida diktantni imloviy xatolarsiz va namunali yozgan xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

