ALOQA UCHUN

KORRUPSIYAGA QARSHI MUROSASIZ MUNOSABAT — MUHIM VAZIFA

Amudaryo tumanida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpog‘iston hududiy filiali xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, xizmat intizomi hamda odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda xodimlar tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar murojaatlarini xolisona o‘rganish, shuningdek, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati xizmati boshlig‘i X. Allamuradov so‘zga chiqib, tizimda korrupsiyaning oldini olish borasida muntazam profilaktik va targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilayotganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, ayrim xodimlar tomonidan qonun va belgilangan tartib-qoidalarga yetarlicha rioya qilinmasligi oqibatida salbiy holatlar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Bunday holatlar nafaqat xodimning o‘ziga, balki u faoliyat yuritayotgan tashkilotning obro‘si va jamiyatdagi ishonchiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Xodimlarga xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar bilan munosabatlarda halollik va xolislik tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi yana bir bor tushuntirildi.

Shuningdek, xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishi, ichki mehnat tartibini buzmasligi hamda har qanday noqonuniy xatti-harakatga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

Tadbirda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oqibatlari haqida aniq misollar asosida tushuntirishlar berilib, profilaktik tadbirlardan tegishli xulosa chiqarmagan xodimlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Yig‘ilish yakunida tizimda halollik, ochiqlik, qonuniylik va mas’uliyat tamoyillarini yanada mustahkamlash, korrupsiyaga olib keluvchi omillarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

  • 27.08.2026
  • 36
Sayt xaritasi