ALOQA UCHUN

BAYRAM MASKANLARIDA ELEKTR XAVFSIZLIGI TA’MINLANMOQDA

Mustaqilligimizning 35 yillik bayramini xavfsiz va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash maqsadida respublikamizning barcha hududlarida zarur tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maskanlarda elektr ta’minoti holati o‘rganilib, elektr tarmoqlari, transformator punktlari, yoritish tizimlari va boshqa jihozlarning texnik holati nazorat qilinmoqda. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, elektr xavfsizligi va ta’minot barqarorligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, vaqtinchalik elektr qurilmalarining to‘g‘ri ulanishi, ortiqcha yuklamaning oldini olish hamda yoritish tizimlarining sozligi alohida nazoratga olingan.

“Farg‘ona HETK” AJ mutaxassislari tomonidan ham bayram maskanlarida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

  • 24.08.2026
  • 35
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Sayt xaritasi