“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Shartnomaviy xizmatlar va mahsulot ishlab chiqarishni monitoring qilish boshqarmasi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron tizimga kelib tushayotgan murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Navbatdagi o‘rganishlar Surxondaryo viloyatida o‘tkazildi. O‘rganishlar davomida filialning tuman va shahar ETK xodimlari tomonidan ayrim obyektlarda bajariladigan ishlar uchun tegishli shartnomalar rasmiylashtirilmaganligi, loyiha hujjatlarisiz qurilish-montaj ishlari amalga oshirilganligi hamda O‘zenergoinspeksiyaning tegishli ruxsatisiz elektr tarmoqlariga ulanish holatlari aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan belgilangan tartibda tegishli huquqiy choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishi, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi hamda elektr tarmoqlariga ulanish jarayonlarining belgilangan tartibda amalga oshirilishi bo‘yicha nazorat ishlari davom ettiriladi.
