Unda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi S. Isakulov, Urgut tumani hokimi D. Sayidkulov hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida hududda energiya samaradorligini oshirish maqsadida energiya auditi o‘tkazish, mavjud infratuzilmaning texnik holatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarini bosqichma-bosqich yer osti kabel tizimiga o‘tkazish, tarmoqlarni yangilash, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish orqali texnik yo‘qotishlarni kamaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan soha mas’ullariga aniq vazifalar yuklatildi.