Joriy yilning 27-iyul kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida elektr energetikasi sohasida texnik va tijorat yo‘qotishlarini qisqartirish, noqonuniy elektr energiyasi iste’molining oldini olish hamda “Tumanbay” va “Mahallabay” ishlash tizimini joriy etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

Seminar Prezidentimiz topshirig‘iga asosan Qo‘shtepa tumaniga biriktirilgan shtab rahbari, “O‘zenergosotish” AJ Boshqaruv raisi Jahongir Obidjonov rahbarligida o‘tkazildi.

Unda energetika va gaz ta’minoti sohasi mutaxassislari, shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalari rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan Qo‘shtepa tumanining “O‘qchi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi elektr energiyasi yo‘qotishlari yuqori bo‘lgan 285 va 286-son transformator punktlarida amalga oshirilgan ishlar taqdimot asosida tushuntirib berildi.

Ta’kidlanganidek, transformator punktlari va elektr tarmoqlari to‘liq o‘rganilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi. Jumladan, 105 metr elektr tarmog‘i daraxt shoxlaridan tozalandi, 47 ta elektr hisoblagichi fasad qismiga ko‘chirildi, 7 ta ASKUE tizimiga mos zamonaviy hisoblagich o‘rnatildi.

Shuningdek, 157,8 ming kVt-soat elektr energiyasi va 187 million so‘mlik noqonuniy iste’mol aniqlandi hamda bartaraf etildi, noqonuniy ulangan 18 ta ko‘cha yoritish tarmog‘i qonuniylashtirildi.

Natijada mazkur transformator punktlaridagi elektr energiyasi yo‘qotishlari belgilangan me’yor darajasiga keltirildi. Erishilgan natijalar va qo‘llanilgan amaliy yechimlar seminar ishtirokchilariga batafsil tushuntirildi.
Yakunda Qo‘shtepa tumanida o‘z samarasini bergan ushbu tajribani Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlarida bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Qayd etilganidek, “Tumanbay” va “Mahallabay” ishlash tizimi elektr energiyasi yo‘qotishlarini qisqartirish, noqonuniy iste’molning oldini olish hamda iste’molchilarni sifatli va barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.