ALOQA UCHUN

Energetika tizimi xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quvlar davom etmoqda

Xodimlarning kasbiy mahoratini muntazam oshirish, ular o‘rtasida ilg‘or tajribalar almashinuvini kengaytirish hamda malaka oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida 2026-yil uchun tasdiqlangan rejaga muvofiq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.


 
Xususan, Xodimlarning malakasini oshirish markazi tomonidan joriy yilning 1–10 iyul kunlari respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan 56 nafar mutaxassis uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.


 
O‘quvlarda Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish tizimi muhandislari hamda Iste’molchilar bilan ishlash va debitor qarzdorlikni undirish guruhlari rahbarlari va muhandislari ishtirok etib, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi, raqamli boshqaruv tizimlari hamda elektr qurilmalarini xavfsiz va samarali ekspluatatsiya qilish yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamladilar.


 
O‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikat va tegishli guvohnomalar topshirildi.

  • 10.07.2026
  • 12
Sayt xaritasi