ALOQA UCHUN

Yangiyo‘l tumanida elektr va gaz ta’minotini yanada yaxshilash bo‘yicha maxsus shtab tashkil etildi

Yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida shu kunning o‘zida Yangiyo‘l tumanida Energetika vaziri Sherzod Xodjayev boshchiligida elektr va gaz ta’minotini yanada yaxshilash bo‘yicha maxsus shtab tashkil etildi.



Mazkur shtab faoliyatini muvofiqlashtirishda Yangiyo‘l tumani hokimi San’atbek Jumaniyazov vazirning o‘rinbosari sifatida ishtirok etadi.



Shtab a’zolari ikki hafta davomida tumanning barcha — 51 ta mahallasida aholi va tadbirkorlarning elektr hamda tabiiy gazga bo‘lgan oylik, choraklik va yillik ehtiyojini chuqur o‘rganadi.



O‘rganishlar natijasida tumanning energiya iste’moli balansi shakllantirilib, kelgusidagi ta’minot tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.



Prezident tomonidan belgilangan vazifalarga muvofiq, joriy yilning 1-oktyabriga qadar barcha tashkiliy va amaliy ishlarni yakunlab, Yangiyo‘l tumanini elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha respublikadagi namunaviy hududlardan biriga aylantirish rejalashtirilgan.



Yig‘ilish davomida ishchi guruhning har bir a’zosiga sohaga oid masalalarni tizimli hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.



Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bexzot Narmatov, Energetika vaziri Sherzod Xodjayev, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda viloyat va tuman mutasaddilari ishtirok etdi.

  • 28.07.2026
  • 20
Sayt xaritasi