ALOQA UCHUN

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik maqsadida respublika bо‘ylab elektr tarmoqlarida keng kо‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik maqsadida respublika bо‘ylab elektr tarmoqlarida keng kо‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
 
Mamlakatimizda 2026–2027 yillar kuz-qish va yoz mavsumida aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr tarmoqlari infratuzilmasini modernizatsiya qilish va ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Bu borada respublika bо‘ylab maxsus ishchi guruhlar tashkil etilib, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi jami 106 142 dona transformator punktining texnik holati о‘rganildi. Olib borilgan о‘rganishlar natijasida hududlarda jami 25 668 ta transformator punktida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni tez sifatli bajarish maqsadida hududlar holatiga qarab yashil, sariq va qizil toifalarga ajratildi.

Kechiktirib bо‘lmaydigan hamda ta’mirtalab yuqori xavf darajasiga ega
6 240 ta “qizil” 19 428 tasi esa “sariq” toifaga kiritilib ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Ayni paytga qadar qizil toifadagi obyektlarning 79,9 foizi, ya’ni 4 978 tasida, sariq toifadagi transformator punktlarining esa 76,9 foizi yoki 14 950 tasida ta’mirlash ishlari yakunlanland, qolgan qismida esa amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda tashkil etish maqsadida hududlarga 28 tonna sim, 55 kilometr kabel mahsulotlari, 60 tonna transformator moyi, 1 414 ta о‘chirgich va boshqa zarur texnika va materiallar yetkazib berildi. Ayni paytda respublika bо‘ylab, 480 ta maxsus ta’mirlash brigadasi faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, hududlarda vujudga kelishi mumkin bо‘lgan avariya holatlarini tezkor bartaraf etish uchun zarur zaxiralar ham yaratilmoqda. Xususan, hududlarda 1 247 ta tarmoq transformatori, 660 tonna transformator moyi, 320 kilometr kabel mahsulotlari , 151 tonna sim hamda 5 259 ta tayanch va boshqa kо‘plab elektr jihozlari zaxira qilingan.

Favqulodda vaziyatlarda tezkor chora kо‘rish maqsadida 6 ming 574 nafar mutaxassisdan iborat 1 ming 215 ta avariya-tiklash brigadasi shakllantirildi. Ularning xizmati uchun 1 ming 56 ta maxsus avtomashina va 437 ta maxsus texnika shay holatga keltirilgan.

Bu kabi keng kо‘lamli tayyorgarlik ishlari elektr tarmoqlarining ishonchli faoliyatini ta’minlash, avariyalar sonini kamaytirish va aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

  • 03.06.2026
  • 49
Sayt xaritasi