ALOQA UCHUN

«XOTIRA VA QADRLASH KUNI» — ULUG'VOR O'TMISHNI YOD ETISH, FIDOYILARNI QADRLASH, TINCHLIKNING NAQADAR BEBAHO NE'MAT EKANINI ANGLASH KUNIDIR

«XOTIRA VA QADRLASH KUNI» — ULUG'VOR O'TMISHNI YOD ETISH, FIDOYILARNI QADRLASH, TINCHLIKNING NAQADAR BEBAHO NE'MAT EKANINI ANGLASH KUNIDIR

Yurt tinchligi, osmon musaffoligi va bugungi farovon hayotimizning asosida ko'plab fidoyilarning jasorati, sabr-matonati va beqiyos jasoratlari yotadi. Ikkinchi jahon urushi maydonlaridan omon qaytgan, og'ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan faxriylarimizga yuksak ehtirom ko'rsatish – bugungi kunda ham davlatimizning doimiy e'tiborida.

Shu ma'noda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ rahbariyati nomidan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.N. Nuritdinxodjayev «Buyuk Turon» mahallasida istiqomat qilayotgan ulug` vatan urushi faxriysi Murina Vera Vasilevnani 9-may — «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan qutlash uchun uyiga tashrif buyurdi.

Urushda mardlik bilan ishtirok etgan Vera Vasilevnaga hurmat-ehtirom ko`rsatildi. Uning mayus, ammo shukronalik bilan to'lgan nigohlarida kechgan hayotning og'ir onlari, urushning dahshatli izlari va bir umrlik sabr ko'zga yaqqol tashlanardi. Uning diqqatga to'la va mayus nigohlarida kechgan umrning og'ir sahifalari, urush azoblari va qiyinchiliklari namoyon edi. Ammo shu bilan birga, bugungi tinchlik uchun shukrona ham bor edi.

Vera Vasilyevna yaqin kunlarda 102 yoshni qarshi oladi. Uning buyuk jasorati, G‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi uchun chin qalbimizdan minnatdorchilik bildiramiz. Mustahkam sog‘lik va eng ezgu tilaklarni tilaymiz!

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

  • 08.05.2025
  • 31
Sayt xaritasi