ALOQA UCHUN

XOTIRA ABADIY, QADR MUQADDAS!

XOTIRA ABADIY, QADR MUQADDAS!XOTIRA ABADIY, QADR MUQADDAS!

Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialida ham bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida filial mutasaddi rahbarlari, ishchi-xodimlari hamda bir guruh mehnat faxriylari ishtirokida filial hovlisidagi Xotira monumenti poyiga gulchambar qo‘yildi.

Tadbir ochilishida so‘z olgan filial direktori Eldor Mamasoliyev mustaqillik yillarida ushbu kunning mazmun-mohiyati butkul o‘zgargani hamda vatanga jon fido qilganlarning xotirasi va qadrini ulug‘lash kuniga aylanganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Urushning ayanchli oqibatlarini unutmaslik, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetish, Vatanga sadoqat hissi bilan yashash, mehnat faxriylarini esa doimo e’zozlash lozimligini haqida gapirildi.

Shuningdek, tadbirda xalqlarning tinchligi, millatlar totuvligi yo‘lida qurbon bo‘lganlar hamda energetika sohasida xizmat qilib o‘tgan xodimlar xotirasi yodga olindi.

Tantanali tadbir so‘ngida mehnat faxriylariga bayram sovg‘alari topshirildi.

  • 08.05.2025
  • 72
Sayt xaritasi