Vodiy viloyatlarida о‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 12,5 mlrd.sо‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlatlari aniqlandi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati va bо‘lim xodimlari hamda “Energosavdo” filiali Andijon, Namangan va Farg‘ona bо‘linmalari tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan о‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan о‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Xususan, joriy yilning 28-apreldan 4-maygacha viloyatlar bо‘ylab о‘tkazilgan reyd tadbirlarida iste’molchilar tomonidan 13,89 mln. kVt.soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari natijasida jami 12,5 mlrd.sо‘m zarar yetkazilganlik holatlari bо‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, tadbirlar davomida 46 ta iste’molchilarning 3 mlrd. 400. million sо‘mlik debitor qarzdorligi undirildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan qayta hisob-kitob qilingan holda tо‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.