ALOQA UCHUN

Navro‘z bayrami arafasida Xorazm energetiklari tomonidan “Yashil makon” bog‘i tashkil etildi

Navro‘z bayrami arafasida Xorazm energetiklari tomonidan “Yashil makon” bog‘i tashkil etildi

Navro‘z bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlarida, mahallalarda, tashkilot va muassasalarda umumxalq xayriya hashari bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan ishlar ham olib borilmoqda.

Shu bois, umummilliy loyiha doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan Urganch shahrida “Yashil makon” bog‘i tashkil etildi.

Filial xodimlari tomonidan bog‘da mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi hamda uning atrofida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Bir gektar yer maydonida barpo etilgan ushbu bog‘da jami 250 tup manzarali, 600 tup mevali va 200 tup gul koʻchatlari ekildi.

  • 19.03.2024
  • 247
Sayt xaritasi