ALOQA UCHUN

Elektr tarmoqlari boshqaruviga zamonaviy raqamli yechimlar joriy etiladi

Elektr tarmoqlari boshqaruviga zamonaviy raqamli yechimlar joriy etiladi


Ma’lumki, joriy yil 27-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida sohani raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va xodimlarning kundalik faoliyatini raqamli algoritmlar asosida boshqarish tizimini yaratish muhim vazifalar sifatida belgilab berilgan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida bugun IT Park maydonida “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ rahbariyati va mas’ul xodimlari hamda “Uzinfokom” mutaxassislari ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Muloqot davomida jamiyatning ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, xodimlarning kunlik vazifalarini yagona raqamli tizim orqali shakllantirish va nazorat qilish, topshiriqlar ijrosini kuzatib borish hamda mehnat samaradorligini baholash imkonini beruvchi texnologik yechimlarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, sohaning mavjud ehtiyojlaridan kelib chiqib, raqamli platformalarni joriy etish imkoniyatlari, ularning funksional talablari va axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy takliflarni ishlab chiqish, raqamlashtirish jarayonlarining ustuvor vazifalarini belgilash hamda hamkorlikdagi ishlarni izchil davom ettirish masalalariga e’tibor qaratildi.


Mazkur tashabbuslar elektr tarmoqlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, boshqaruv samaradorligini oshirish va zamonaviy texnologiyalar asosida ish jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

  • 15.10.2026
  • 33
Sayt xaritasi