ALOQA UCHUN

ENERGETIKA OBYEKTLARINI LOYIHALASH BILAN YANGI QO‘SHMA KORXONA SHUG‘ULLANADI

Mazkur qo‘shma korxona innovasion texnologiyalardan foydalangan holda barcha turdagi elektr tarmoqlari va energetik ob'ektlarini loyihalash bilan shug‘ullanadi.

Bu haqidagi bitim 2019-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida «Assystem Engineeringand Operation Services S.A.S.» kompaniyasi (Fransiya) vakillari bilan uchrashuvda imzolandi.

Qo‘shma korxona Fransiyaning hamkor kompaniyasi va «O‘zenergoinjiniring» AJ bilan birgalikda tashkil etiladi va u O‘zbekiston Respublikasida mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida faoliyat yuritadi.

«Uzenergoengineering–Assystem» qo‘shma korxonasining faoliyati barcha turdagi elektr tarmoqlari va energetik ob'ektlarini loyihalashda innovasion texnologiyalar va zamonaviy fan yutuqlariga asoslanadi.

Shuni qo‘shimcha tarzda aytish mumkinki, imzolangan bitim Energetika vazirligi va Fransiyaning «Assystem» kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlikdagi eng muhim bosqichdir.

Bundan tashqari, joriy yilning may oyida tomonlar energetika sohasida o‘zaro manfaatli texnik hamkorlik maqsadida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumni imzolangan edi. Ushbu hujjat tomonlarning texnik hamkorlikning yangi shakllarini, shu jumladan, energetika sohasida loyihalarni ishlab chiqish va boshqarish kabilarni rag‘batlantirishga qaratilgani bilan katta ahamiyat kasb etadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati

  • 25.09.2019
  • 2574
Sayt xaritasi