ALOQA UCHUN

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — TIZIM RIVOJINING MUHIM OMILI

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida Samarqand shahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi Asrorjon Askarov hamda tizimda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Samarqand hududiy filialida mehnat qilayotgan yosh xodimlarning kasbiy faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning bilim va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, sohada innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish borasidagi taklif va tashabbuslari tinglandi.

Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir davomida yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda zarur sharoitlar yaratish tizim rahbariyati e’tiborida ekanligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida yosh mutaxassislarning taklif va g‘oyalari kelgusida soha rivoji hamda elektr energetikasi tizimi samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

 

  • 05.03.2026
  • 22
Sayt xaritasi