ALOQA UCHUN

MILLIY TAFAKKUR VA MA’NAVIYATIMIZNING IKKI BUYUK USTUNI

Bugun, 13-fevral kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda ikki buyuk siymo – Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda shoh va shoir, sarkarda, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning 543 yilligi munosabati bilan “Navoiy va Bobur – milliy tafakkur va ma’naviyatimizning ikki buyuk ustuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Elimizning ardoqli san’atkori,  O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori, professor Muxammadali Abduqunduzov, O‘zbekiston xalq artistlari Furqat Ashuraliyev va Elmurod Ahmedov, “Nazm va navo” sozandalari tomonidan Navoiy va Bobur g‘azallari jonli ijro orqali talqin qilinib, sahna ko‘rinishlari, yuksak ijodiy mahorat yig‘ilganlarning olqishiga sazovor bo‘ldi hamda tadbirga o‘zgacha fayz va shukuh bag‘ishladi.

Tadbir doirasida Jamiyat xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan ijodiy viktorina esa ularning buyuk ajdodlarimiz merosiga, ma’naviyat va adabiyotga bo‘lgan mehrlarini yana bir bor namoyon etdi.

  • 13.02.2026
  • 39
Sayt xaritasi