“HET” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-iyundagi “Hududlardagi taqsimlash tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish, elektr tarmoqlari obyektlarida yuzaga keladigan avariyalarni tezkor bartaraf etish hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq Xitoy Xalq Respublikasidan yuk va yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan maxsus elektromobillar xarid qilindi.

Kuni kecha 15 dona Changan T-10 rusumli elektrmobillar Sirdaryo viloyatiga yetib keldi. Mazkur elektromobillar avariya-tiklash brigadalarining tezkorligi va samaradorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda ekologik toza transportdan foydalanish orqali energiya tejamkorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
