NAVOIY VILOYATIDA 1,07 MLRD SО‘MLIK ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati(bо‘limi) ,shuningdek, Karmana tuman elektr ta’minoti xodimlari bilan hamkorlikda energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan о‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan elektr energiyasidan о‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Navoiy viloyati Karmana tumanida о‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “M O” Oilaviy korxonasiga tegishli issiqxona hisoblagichdan tashqari tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ulanib elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi fosh etildi. Natijada, davlat manfaatlariga jami 1,07 mlrd. sо‘m zarar yetkazilgani aniqlandi hamda tо‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.