ALOQA UCHUN

“Hududiy elektr tarmoqlari” korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro sertifikat va AJ 9001:2015 sifat standarti bo‘yicha xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Bu nima beradi?

“Hududiy elektr tarmoqlari” korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro sertifikat va AJ 9001:2015 sifat standarti bo‘yicha xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Bu nima beradi?

Prezidentimizning 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida vazirlik va idoralar oldiga ISO 9001 xalqaro standartini joriy etish orqali ish yuritish va ma’muriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish vazifasi qo‘yilgan.
Qarorga muvofiq, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan boshqaruvi tizimi bo‘yicha ish faoliyati jarayonlari va ularning natijasini baholash mezonlari ishlab chiqildi hamda har yil yakuni bo‘yicha Jamiyat ish faoliyati jarayonlari va ularning natijalari oldindan belgilangan mezonlarga ko‘ra baholab boriladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashish va chek qo'yishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu dasturga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha "Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati", "Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati" kabi ichki me'yoriy hujjatlar qabul qilingan va o'rnatilgan tartibda barcha xodimlarga tanishtirish va tushuntirish ishlari amalga oshirib borilmoqda. 

Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularni huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida komplayns xizmati xodimi tomonidan treninglar tashkil etilmoqda.

Kuni kecha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyatiga “MS Cerficaon” masu’llari tomonidan Sifat menejmenti tizimi (ISO 9001), Ekologik boshqaruv tizimi (ISO 14001), Mehnat va sanoat xavfsizligini boshqarish tizimi (ISO 45001), Energiya boshqaruvi tizimi (ISO 50001), Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi (ISO 37001) bo‘yicha halqaro sertifikatlar topshirildi.

Bu boradagi kompleks ishlar hali davom etmoqda. Har yili mazkur sertifikatga muvofiqlik darajasi xalqaro tashkilotlar tomonidan audit qilib boriladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qo‘lga kiritilgan mazkur sertifikatlar mijozlar va hamkorlar uchun bu ishonchlilik, barqarorlik va mas’uliyatlilik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ishonch, raqobatbardoshlikni kuchaytirish hamda xalqaro tenderlar va biznes loyihalarida ishtirok etishning muhim sharti bo‘lib xizmat qiladi.

Shu bilan bir qatorda ish faoliyatini amalga oshirishda tashqi va ichki imkoniyatlar va xavf-xatarlar, manfaatdor tomonlar va ularning talablari aniqlashtirish bo‘yicha tahlil o‘tkazilib, boshqaruv ish-faoliyati sifatiga ta’sir qiluvchi xavf-xatarlarni kamaytirish va sifatni yanada oshirish bo‘yicha ish rejalar ishlab chiqildi.

 

 

  • 17.12.2025
  • 38
Sayt xaritasi