ALOQA UCHUN

Toshkent viloyatida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan seminar o‘tkazildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filili xodimlari uchun tashkil etilgan tadbirda xodimlar o‘rtasida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi ishlar  muhokama qilindi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" hamda Toshkent hududiy filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) xodimlari, viloyat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamda filial rahbariyati ishtirokidagi seminarda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda  korrupsiya illatini yo‘qotish borasida tabdir ishtirokchilariga batafsil maʼlumot va tavsiyalar berib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida korrupsiyani yuzaga keltirayotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etishi, olib borilayotgan ishlar holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganishi, natijalar yuzasidan korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens xizmati boshligʻiga ma’lumot kiritib borish lozimligi ta’kidlandi.

Shu bilan bir qatorda, maishiy korrupsiyaga yо‘l qо‘ymaslik, aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, energosamaradorlikni oshirish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

  • 16.12.2025
  • 26
Sayt xaritasi