“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ESG reytingiga ega kompaniya sifatida eʼtirof etildi
Jahonda nufuzli hisoblangan Sustainable Fitch (London) xalqaro reyting agentligi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv sohasida e’tirof etildi.
Ma’lumot uchun: Sustainable Fitch – dunyoning yetakchi reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Ratings’ning ixtisoslashgan bo‘limi bo‘lib, kompaniyalarni asosiy uchta yo‘nalish bo‘yicha baholaydi:
Mazkur reyting Jamiyatga xalqaro investorlar va hamkorlar ishonchini mustahkamlash, “yashil” va barqaror moliyaviy vositalardan foydalanish imkonini yaratadi.
Bu baho nafaqat “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, balki xalqaro moliyaviy-ishbilarmonlik muhiti uchun ham muhim ko‘rsatkichdir. U yurtimizning global standartlarga muvofiq barqaror kelajakka intilayotganini va O‘zbekistonning investitsiyalar uchun jozibadorligini ko‘rsatadi.
Kompaniya ESG yo‘nalishidagi islohotlarni davom ettirib, barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan faoliyatini yanada kuchaytirishni rejalashtirmoqda.