ALOQA UCHUN

KORRUPSIYAVIY HOLATLARNI OLDINI OLISH BO'YICHA TARG'IBOT TADBIRI O'TKAZILDI

KORRUPSIYAVIY HOLATLARNI OLDINI OLISH BO'YICHA TARG'IBOT TADBIRI O'TKAZILDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filialining tasarrufidagi barcha tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari rahbarlari va xodimlariga tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, bu salbiy illatga yo‘l qo‘ymaslik hamda elektr energiyasini o‘z vaqtida yetkazish va bunda qonun buzilish holatlariga chek qo‘yish maqsadida mas’ul xodimlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens xizmati boshlig‘i filial rahbariyati hamda viloyat huquqni muhofaza qilish organlari vakillari boshchiligida tashkil etildi. Unda sohada noqonuniy xatti-harakatlarga barham berish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, xodimlarda halollik, shaffoflik va qonunchilikka qat’iy rioya etish madaniyatini shakllantirish hamda ish faoliyati davomida xodimlar о‘rtasida maishiy korrupsiyaga yо‘l qо‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholiga barqaror elektr energiyasini yetkazib berish, energosamaradorlikni oshirish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha ham batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida korrupsiyaning nafaqat davlat va jamiyat, balki har bir fuqaro hayotiga moddiy hamda ma’naviy zarar yetkazishi ta’kidlanib, bunday salbiy holatlarni oldini olishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati muhim ekanligi qayd etildi.

  • 21.10.2025
  • 95
Sayt xaritasi