ALOQA UCHUN

YANGIBOZIR TUMANIDA ELEKTR TA'MINOTINI YANDA YAXSHILASH MAQSADIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan elektr ta'minotini modernizatsiya qilish, aholiga uzluksiz va sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni damda, Yangibozor tumanida joylashgan 110/35/10kVAli “Yangibozor” podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Markaz” havo elektr tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar doirasida eski  elektr uzatish ustunlari o’rniga yangi temir-beton ustunlar qurish  ishlari bajarilmoqda.

Mazkur mukammal ta’mirlash ishlari tufayli kuz-qish mavsumida tumandagi “Yangiyop” mahallasi aholisi doimiy va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

  • 16.10.2025
  • 22
Sayt xaritasi