KEGOC QOZOG‘ISTONDA ASKUE TIZIMINI JORIY ETISH MAQSADIDA “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ BILAN HAMKORLIK QILADI
Ba haqida bugun yurtimizda mehmon bо‘lib turgan kompaniya vakillari bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati о‘rtasida muzokoralarda kelishib olindi.
Bu borada tomonlar aniq kelishuv shartlarini tasdiqlab olishgandan keyin о‘zaro tajriba almashinish hamda tizimni joriy etish bо‘yicha aniq shartlar asosida о‘zaro birgalikda harakat qilishadi.
Tashrif avvalida mehmonlarga Jamiyat tomonidan elektr energiyasini hisobga olish va nazarot qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish, bu borada orttirilgan tajriba va natijalari tо‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, mehmonlar Markazda dunyoning yetakchi davlatlarida ishlab chiqarilgan server qurilmalari o‘rnatilgani, ulardagi dasturiy ta’minot orqali iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv davomida Markaz mutasaddilari tomonidan tizimni yanada takomillashtirish, iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Xususan, yaqinda ishga tushirilgan “HET BILLING” dasturiy kompleksi hamda mazkur tizim asosida yaratilgan mobil ilova imkoniyatlari mehmonlarda alohida taassurot qoldirdi.
Shu bilan bir qatorda, respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahallalar kesimida elektr energiyasi iste’molchilarining ma’lumotlari saqlanishi, maxsus dasturiy ta’minot orqali elektr energiyasining soatlik, sutkalik, oylik va yillik balanslarini shaklllantirish, ko‘p tariflik tizimida hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoni mavjudligi amaliyotda ko‘rsatib o‘tildi.
Delegatsiya a’zolari dasturiy ta’minot imkoniyatlari haqida o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.