ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ HAMDA “HOLLEY TECHNOLOGY” LTD UCHTA YIRIK ENERGETIK LOYIHAGA START BERDI

Xususan, rasmiy ravishda qurilishi boshlangan Jizzax viloyati  Sh.Rashidov tumanidagi zavodda turli xildagi kabel mahsulotlari, anker va temir beton ustunlar ishlab chiqarilsa, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida start berilgan loyihada kuch transformatorlarni uchun himoya qutisi va boshqa turdagi elektr qurilmalarni ishlab chiqarilishi kuzda tutilgan.

Aytish lozimki, bunday loyihalarning ishga tushirilishi past kuchlanishli taqsimlash tarmoqlarini qurish va yangilashda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan harajatlarni qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha muhim jarayon hisoblanadi.

Shu bilan bir qatorda tadbir davomida tadbirda Qoraqalpog‘iston  Respublikasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 50 megavatt shamol elektr  stansiyasini  qurish uchun ham rasmiy ravishda ruxsat berildi.

Muqobil energiya manbalari asosida elektr energiyasini ishlab chiqarish “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatida yangi yо‘nalish bо‘lib, Jamiyat tomonidan kelajakda bu boradagi ishlar davom etishi belgilangan.

  • 01.08.2025
  • 63
Sayt xaritasi