ALOQA UCHUN

AKADEMIK QAHRAMON ALLAYEVNING 80 YILLIK YUBILEYIGA BAG‘ISHLANGAN V XALQARO ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

 Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida akademik Qahramon Rahimovich Allayevning 80 yillik yubileyiga bag'ishlangan "Elektr ta'minoti tizimining dolzarb muammolari" mavzusidagi V Xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi..

Anjumanni Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadritdin Maxamatdinovich ochib berib, Qahramon Rahimovichni yubiley bilan samimiy tabrikladi. Tadbir davomida akademik Qahramon Allayevning sermazmun hayoti va ilmiy faoliyatiga bag'ishlangan videofilm namoyish etildi.

Tadbirda Energetika vazirligi va vazirlik tizimidagi tashkilotlar, Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, shuningdek, energetika sohasiga oid xalqaro va mahalliy hamkor oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Shu bilan bir qatorda tadbirda akademik Qahramon Allayevning muborak 80 yillik yubileyi tantanali nishonlandi. Ustoz olimga uzoq umr, sog‘lik-salomatlik, ilmiy va pedagogik faoliyatlarida yangi yutuqlar tilanib, yurtimiz taraqqiyoti va yosh avlod tarbiyasidagi xizmatlari uchun minnatdorlik bildirildi.

 Shuningdek, akademikning mamlakatimiz energetikasi rivoji, ilm-fan taraqqiyoti va yosh mutaxassislar avlodini tayyorlashdagi beqiyos hissasi yuksak e’tirof etildi.

Anjuman doirasida yangi avlod muhandis kadrlarni tayyorlash, energetikada ekologik ustuvor yo‘nalishlarni ilgari surish, dekarbonizatsiya va energetika tizimlarini barqaror rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

  • 26.08.2025
  • 21
Sayt xaritasi