ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ AKSIYADORLARI DIQQATIGA

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ 
AKSIYADORLARI DIQQATIGA

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2025-yil 17-apreldagi O‘RQ-1057-son Qonuni bilan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 51-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.    
Xususan, Qonunning 51-moddasiga asosan endilikda dividendlarni to‘lash “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ yoki investitsiya vositachilari orqali aksiyadorning mavjud bank hisobvarag‘iga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda avtomatik ravishda amalga oshirilishi belgilandi.
Shunga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni (dividend va foizlarni) to‘lash bo‘yicha yetarli tajribaga ega bo‘lgan “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida Jamiyat aksiyadorlariga hisoblangan dividend to‘lovlarini avtomatik ravishda amalga oshirish yuzasidan shartnoma tuzildi.
Endilikda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ aksiyadorlari o‘zlariga hisoblangan dividend mablag‘larini “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJning maxsus UzCSD mobil ilovasi orqali olishlari mumkin. 
Qо‘shimcha ma’lumot uchun 71-211-09-09 telefon raqamiga qо‘ng‘iroq qilish orqali quyidagi ichki raqamlarga bog‘lanish mumkin – 162,163, 164, 165, 166, 167, 168, 169, 170, 171 va 172.
UzCSD mobil ilovasidan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmaga havola orqali o‘tish mumkin.

  • 13.08.2025
  • 126
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Sayt xaritasi