ALOQA UCHUN

Korrupsiya – kelajakka to‘siq

Korrupsiya – kelajakka to‘siq

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati, Surxondaryo hududiy filiali hamda tuman prokuraturasi hamkorligida viloyatning tuman va shaharlarida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot uchrashuvlari davom etmoqda.

Navbatdagi targ'ibot uchrashuvi, Jarqo‘rg‘on va Oltinsoy tuman elektr ta’minotlari hamda “Energosavdo” tuman bo‘limlarida tashkil etildi. Unda xodimlarga halollik, mas’uliyat, intizom va xizmatga vijdonan yondashish haqida keng tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida tizim xodimlari tomonidan o‘tgan davrda sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar tahlil qilinib, ularning sabablari chuqur muhokama qilindi. Korrupsion holatlarga imkon beruvchi sharoitlarni bartaraf etish, xodimlar orasida nojo‘ya xatti-harakatlarning oldini olish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, qonunchilikdagi javobgarlik choralari, halol xizmat yuritishning jamiyat va tashkilot obro‘siga ijobiy ta’siri haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda har bir xodim o‘z xizmat vazifalarini halollik va vijdon bilan bajarishi, murojaatlarga e’tiborli yondashishi, ichki intizomga rioya qilishi, jamoatchilik bilan muloqotda odobli bo‘lishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘siq, xalq ishonchiga putur yetkazuvchi xavfli illat ekani qat’iy aytib o‘tildi. Shu sababli har bir xodimga korrupsiyani oldini olishga doir huquqiy va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Yakunda ta’kidlandiki, xodimlarning halolligi, ochiqligi va sadoqati — nafaqat xalq ishonchini qozonish, balki tashkilot nufuzi va butun jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lib xizmat qiladi.

  • 18.06.2025
  • 56
Sayt xaritasi