ALOQA UCHUN

Avval xabar berilganidek, Bosh prokuror oʻrinbosari SH.Aminov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyatida energiya samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy-texnikaviy oʻrganishlar oʻtkazilmoqda.

Avval xabar berilganidek, Bosh prokuror oʻrinbosari SH.Aminov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyatida energiya samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy-texnikaviy oʻrganishlar oʻtkazilmoqda.

Xususan, yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha Xiva shahar va Yangibozor, Shovot, Xiva, Gurlan tuman shtablarining faoliyati tanqidiy muhokama qilinib, masʼullarga energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etish, resurslarni iqtisod qilish hamda tarmoqlardagi yoʻqotishlarni qisqartirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. 

Shu bilan birga, Xiva tumani “Shomoxulum” mahallasidagi “BEREGIN” podstansiyasi, Gurlan tumani “Obod” va Shovot tumani “Doʻstlik” mahallalarida energiya samaradorligi boʻyicha olib borilayotgan ishlar, Yangibozor tumanidagi “Yangibozor Tekstil Agro Klaster” MCHJ, Xiva shahridagi “Arda Xiva” turistik kompleksiga oʻrnatilgan quvvati 372 kVt quyosh panellarini koʻzdan kechirib, masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan yirik korxonalar, transformator punktlari, podstansiyalar, yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmalari koʻzdan kechirilib, masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bu boradagi oʻrganishlar davom ettirilmoqda.

  • 17.06.2025
  • 63
Sayt xaritasi