ALOQA UCHUN

SHARAFLI UNVON VA MUKOFOTLARGA SAZOVOR BО‘LGAN XODIMLAR TAQDIRLANDI

SHARAFLI UNVON VA MUKOFOTLARGA SAZOVOR BО‘LGAN XODIMLAR TAQDIRLANDI

Bugun, 30 avgust kuni О‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ majlislar zalida "Bir bо‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz" shiori ostida bayram tadbiri о‘tkazildi.

Tadbir davomida Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyev sо‘z olib, istiqlol nashidasi, bayram sururi barchani yaxshi niyatlar, ezguliklar sari undashi, Vatan tuyg‘usi bilan yashash, о‘zi tug‘ilib о‘sgan ona yurtini sevish va ardoqlash, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash yо‘lida barcha imkoniyatlarni ishga solib harakat qilish eng oliy tuyg‘u ekanligi haqida о‘z fikr-mulohazalarini bildirib о‘tdi.

Bugun davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda energetiklarimiz ham baholi qudrat hissalarini qо‘shib kelmoqdalar. Sarhisob yilida respublikamiz aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarini ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash, tizim rivoji yо‘lidagi amaliy say-harakatlari uchun Jamiyatimiz xodimlari ham sharafli unvon va mukofotlarga sazovor bо‘lganlari yuqoridagi fikrlarga dalil bо‘loladi. Xususan, bir guruh xodimlar Mustaqil davlatlar hamkorligi Elektr energetika kengashining “Mustaqil davlatlar hamdо‘stligida xizmat kо‘rsatgan energetik” unvoni va maqtov yorliqlari, О‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanganlarini e’tirof etib о‘tish joizdir.

Shuningdek, bayram tadbirida tizim yuksalishi yо‘lidagi kо‘p yillik samarali va sermahsul xizmatlari, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki yuqori baholangan bir guruh xodimlarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining Tashakkurnoma yorliqlari topshirildi.

  • 30.08.2024
  • 586
Sayt xaritasi