ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ ANDIJON HUDUDIY FILIALI “MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT” MASALALARIDA ENG NAMUNALI TASHKILOT SIFATIDA TANLAB OLINDI

Ma’naviyatli insonlar ko‘paygan jamiyatda aql, sog‘lom fikr, yaxshi xulq, insof va adolat tantana qilib, turli salbiy illatlar barham topadi. Natijada jamiyat a’zolarining kelajakka ishonchi ortib, ular o‘z faoliyatlarini Vatan va xalq ravnaqi yo‘lida safarbar etadi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Аndijon viloyat boʼlimi, "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Markazning tuman va shahar boʼlinmalari rahbarlari, mutaxassislari uchun "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar: Muammo,  tahlil,  yechim"mavzusida viloyat oʼquv amaliy seminari tashkil etildi.

Markaz tomonidan viloyatda Ma’naviyat va ma’rifat masalalarida eng namunali tashkilot sifatida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tanlab olinib, seminar ishtirokchilariga filialning targ’ibot ishlari namuna qilib ko’rsatildi.

Ishtirokchilar filialda tashkil etilgan ma’naviyat burchagi, kutubxona hamda ma’naviyat xonalari bilan yaqindan tanishdilar.  Tadbir so’ngida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Аndijon viloyat boʼlimi rahbari A.Nurmatov tomonidan Andijon hududiy filiali direktori X. Yuldashevga Tashakkurnoma hamda Ma’naviyatning eng sara adabiyotlari taqdim etildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

  • 06.06.2024
  • 475
Sayt xaritasi