ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDA BIR QATOR TAYINLOVLAR AMALGA OSHIRILDI

Bugun, 12 iyunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda  elektr energetika tizimini yanada isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi о‘tkazildi.

Majlisda sohadagi mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishda elektr tarmoqlarini raqamlashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi hamda bu borada zarur choralar kо‘rish yuzasidan tegishli kо‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham kо‘rib chiqildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining Elektr tarmoqlaridan foydalanish bо‘yicha birinchi о‘rinbosari lavozimiga Izbosarov Agzam Faxriddinovich tayinlandi. Tayinlovga qadar A. Izbosarov О‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi Aloqa boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish olib borgan.

Ayni kungacha Mirobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Pulatov Shuxrat Abdujabbarovich “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Kengaytirilgan yig‘ilishda О‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov ishtirok etdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 12.06.2023
  • 3434
Sayt xaritasi