Bosh prokuratura hamda Energetika vazirligi ishchi guruhi tomonidan elektr ta’minoti tizimining 2025–2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi. O‘rganishlar natijalari Energetika vaziri o‘rinbosari Azizxo‘ja Qobilov va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Dilshod Nosirov raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhokama qilinib, mazkur yo‘nalishda muhim topshiriqlar belgilab olindi.

Yig‘ilish davomida elektr tarmoqlarining uzluksiz va barqaror faoliyatini ta’minlash, ehtimoliy avariyaviy holatlarni zudlik bilan bartaraf etish, noqonuniy ulanishlar va yo‘qotishlar darajasini sezilarli kamaytirish, shuningdek, iste’molchilar murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli javob berish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Muhokama jarayonida ayrim hududlarda mavjud kamchiliklar aniqlanib, mas’ul rahbarlarga ularni qisqa muddatda bartaraf etish talabi qo‘yildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumini uzluksiz va barqaror o‘tkazish maqsadida tizim bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.