Davlatimiz mustaqilligining 33 yillik bayramini nishonlashga munosib tayyorgarlik ko‘rish hamda mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish maqsadida “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida mamlakatimiz bо‘ylab hasharlar о‘tkazilmoqda.
Bugun "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xodimlari ishtirokida ham ana shu xayrli tashabbusni qо‘llab-quvvatlash maqsadida hashar tashkil etilib, unda bino atrofini tozalash va chiqindilardan tozalash, daraxtlarni butalash va oqlash, yondosh hududlarni kо‘kalamzorlashtirish kabi ishlar uyushqoqlik bilan olib borildi.
Bunday obodonchilik ishlari Jamiyatning hududlardagi barcha korxona va filiallarida о‘tkazilmoqda.