ALOQA UCHUN

KORRUPSIYA ILLATIGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

KORRUPSIYA ILLATIGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

Kuni kecha “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ da korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish masalalari to’g’risida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati ishtirokida kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi. 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari, Buxoro viloyati prokuraturasi mas’ullari hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari qatnashgan tadbirda viloyatda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash  borasida olib borilayotgan ishlar va mavjud muammolar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. 

Uchrashuv davomida tizimda olib borilayotgan nazorat tadbirlari va amaliy harakatlarga qaramasdan tizimda korrupsion holatlarning uchrab turganligi tanqid qilinib, soha xodimlari ogohlikka chaqirildi.

 Yig’ilish davomida, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig’i joriy yilning o’tgan davri mobaynida tizimsa sodir bo’lgan holatlar haqida to’xtalib o’tib, bu borada olib borilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilishda, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, korxonada korrupsiyaviy omillarni yo‘qotish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, mansabdor shaxslarning o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik masalalari keng muhokama qilindi.

Yakunda belgilangan kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan bo’lim va xizmat boshliqlarining fikri eshitilib, atroflicha muhokama qilindi va  yig’ilish qarori qabul  qilindi.

  • 14.05.2024
  • 392
Sayt xaritasi