ALOQA UCHUN

NAMANGAN VILOYATI ISTE’MOLCHILARINING ELEKTR TA’MINOTINI YANADA YAXSHILASH MAQSADIDA 40 MING KVALI 5 TA KUCH TRANSFORMATORI OLIB KELINDI

NAMANGAN VILOYATI ISTE’MOLCHILARINING ELEKTR TA’MINOTINI YANADA YAXSHILASH MAQSADIDA 40 MING KVALI 5 TA KUCH TRANSFORMATORI OLIB KELINDI

Namangan viloyatidagi aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlarining elektr taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida har birining quvvati 40 000 kVA bo‘lgan 5 ta kuch transformatori olib kelindi.

Shuningdek, yaqin kunlarda viloyatga yana 1 ta 40 000 kVAli  hamda 63 000 kVAli 2 ta kuch transformatori olib kelinishi rejalashtirilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filialiga yetkazib berilayotgan mazkur transformatorlar Kosonsoy, Davlatobod, Chortoq hamda Chust tumanlaridagi podstansiyalarga o’rnatiladi va montaj qilinadi.

Buning natijasida viloyat iste’molchilarining elektr ta’minotini yanada yaxshilashga erishiladi.

  • 04.04.2024
  • 417
Sayt xaritasi