ALOQA UCHUN

"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan 2024-yilda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarini mukammal va joriy ta’mirlash ishlariga start berildi.

Shu munosabat bilan ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida sifatli va mukammal bajarish maqsadida barcha shahar, tuman elektr ta’minoti korxonalari boshliqlari, bosh muhandislari, bo‘lim ustalari hamda elektromontyorlar ishtirokida Beshariq tuman elektr ta’minoti korxonasida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.

Shuningdek, tadbirda mutaxassislar tomonidan ta’mirlash jarayonida asosiy e’tibor beriladigan amaliy ishlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  ishtirokchilar uchun tumandagi "Yangi hayot" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan na'muna sifatida mukammal ta’mirlangan transformator punkti misolida transformator punktlarini ta’mirlash jarayonida asosiy e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jarayonlar jamiyat mutaxassislari tomonidan tushuntirib o‘tildi.

  • 20.03.2024
  • 497
Sayt xaritasi