ALOQA UCHUN

RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda 2024 yil 1 iyuldan  "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning yagona hisob-raqam orqali istalgan kommunal xizmat uchun tо‘lov qilish mumkin bо‘ladi sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. 

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bu bо‘yicha  quyidagilarni ma’lum qiladi. 

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xodimining televideniye orqali jamoatchilikka bergan intervyusi ayrim ijtimoiy tarmoq adminlari tomonidan notо‘g‘ri talqin qilinayotgani tufayli, ya’ni yagona hisob-raqam orqali istalgan kommunal xizmat uchun tо‘lov qilish imkoniyati yaratilayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda. 

Aslida ushbu intervyuda kuni kecha davlatimiz rahbari tomonidan о‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan soha vakillarining munosabatlari hamda tizimda bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar tо‘g‘risida tо‘xtalib о‘tilgan. 

Xususan,  hozirda ishlab chiqilayotgan yangi billing tizimi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi iste’molchilari tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobini yurituvchi dasturiy ta’minot ekanligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

 

 

  • 01.02.2024
  • 1978
Sayt xaritasi