ALOQA UCHUN

ELEKTR ENERGIYASIGA HISOBLAGICH ORQALI CHEKLOVLAR KIRITILISHI VAQTINCHA TО‘XTATILDI

ELEKTR ENERGIYASIGA HISOBLAGICH ORQALI CHEKLOVLAR KIRITILISHI VAQTINCHA TО‘XTATILDI

 

Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” tо‘g‘risidagi 22-sonli qarori tegishli bandiga asosan, iste’molchilarga ehtiyojlari uchun zarur bо‘lgan qurilmalarning minimal quvvatidan (hamda joylashgan hududidan) kelib chiqib, hisoblagich orqali 10-15 kW quvvat doirasida cheklov kiritilish amaliyoti joriy etilishi belgilangan.

Shunga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan joriy yil 12-dekabrdan elektr energiyasini hisobga olish va avtomatlashtirish tizimi (ASKUE) orqali kiritilgan mazkur chora eskirgan va ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan elektr tarmoqlari va transformator punktlari joylashgan ma’lum bir hududlarda iste’molchilarni uzoq vaqt elektr ta’minotidan uzilib qolmasligini ta’minlash maqsadida favqulodda holatlar yuzaga kelganda qо‘llanildi.

Respublikamiz barcha hududlarida ayni amaliyot qо‘llanilishi natijasida joylarda 100ga yaqin transformator punktlarida hamda elektr tarmoqlarida vujudga kelishi mumkin bо‘lgan avariyaviy hodislarning oldi olindi, natijada iste’molchilarga elektr energiyasi teng taqsimlanishi hamda kо‘plab iste’molchilarning uzoq vaqt mobaynida elektr ta’minotidan uzilib qolmasliklari ta’minlandi.

Eslatib о‘tamiz, bunday cheklovlar qish va yoz oylarida kuzatilgan noqulay ob-havo sharoitidagi vaziyatlarda ma’lum bir vaqt oralig‘ida elektr tarmoqlarida ortiqcha yuklamalar tushishini oldini olish uchun va faqatgina uch fazali hisoblagichlar о‘rnatilgan jismoniy shaxslarga nisbatan qо‘llaniladi.

Ayni kunlardagi iste’molchilarning qayta tarmoqqa ulanmayotganligining asosiy sababi esa bir vaqtning о‘zida 2 yoki undan ortiq tomonlama elektr tarmoqlarga ulanish natijasida 3 fazali elektron hisoblagichlarda nomutanosibliklar vujudga kelayotgani natijasida rо‘y bermoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bunday holatlar yuz berganda iste’molchi tomonidan ortiqcha uskunalarni о‘chirish (tarmoqdan ajratish), kuchlanishni belgilangan meyordan kamaytirish amaliyoti bajarilgandan sо‘ng hisoblagichning avtomatik ravishda yonishi dasturga kiritilgan, ya’ni agar xonadonda elektr toki ortiqcha yuklama natijasida о‘chgan bо‘lsa, yuklama kamaytirilgandan sо‘ng elektr ta’minoti avtomatik ravishda tiklanadi.

Solishtirish uchun, 15 kVt soat elektr energiyasi sarflash uchun bir vaqtning о‘zida bir soat davomida 6 ta muzlatkich, о‘rtacha 1,5 kVt quvvatli 3 ta konditsioner va 3 ta elektr pechi yoniq turishi kerak bо‘ladi.

Shu о‘rinda eslatib о‘tmoqchimizki, noqulay ob-havo sharoiti tufayli aholi xonadonlarida elektr uskunalaridan ortiqcha foydalanilganda avtomatik tarzda tarmoqdan ajratish amaliyoti vaqtincha tо‘xtatildi.

  • 14.12.2023
  • 5173
Sayt xaritasi