ALOQA UCHUN

“O’ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI” MUNOSABATI BILAN MADANIY-MA'RIFIY TADBIR O'TKAZILDI

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filialida  11-noyabr – "O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan O'zbekiston kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi ishtirikida jamiyat xodimlari uchun madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbirga O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasining Respublika Kengashi bosh mehnat huquq inspektori, yurist B. Abdullayev hamda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati kengashi ijtimoiy himoya bo'limi mudiri E. Teshaboyevlar taklif etildi. 

Tadbir qatnashchilari kasaba uyushmalarini jamiyatdagi o'rni va vazifalari to'g'risida o'z fikrlarini bildirdilar. Tadbir so’ngida xodimlar o'zlari qiziqtirgan savol va takliflarga kerakli javob oldilar.

Shuningdek, Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tizimidagi boshlang'ich kasaba uyushmasi tashkilotlari aro o'tkazilgan "Elektr energiyasi va yoqilg’i-energetika resurslarini tejash bo'yicha" eng yaxshi boshlang'ich kasaba uyushmasi tashkiloti ko'rik tanlovida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filialining boshlang'ich kasaba uyushma tashkiloti 3-o'rinni egallab,  diplom bilan taqdirlandi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

 

  • 10.11.2023
  • 767
Sayt xaritasi