ALOQA UCHUN

RASMIY MUNOSABAT

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “2023 yil 24 iyul kuni tuzilgan shartnomaga kо‘ra, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ yakka tartibdagi tadbirkor «Qayumov Abdulaziz Abduvali о‘g‘li»dan 15 mln 200 ming sо‘mga bir dona yong‘oqdan ishlangan "shaxmat" xarid qilgan” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bu bо‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan xorijiy ekspertlar ishtirokida qator Xalqaro ilmiy-texnik anjumanlar, nufuzli mehmonlar tashrifi doirasida  tegishli bayonnoma asosida tadbirlar о‘tkazilib, mazkur tadbirlar qatnashchilari, nufuzli mehmon va xorij ekspertlariga tarqatma materiallari va esdalik sovg‘alari taqdim etilishi belgilangan.

Keltirib о‘tilgan buyumlar E-xarid maxsus elektron portali orqali sotib olinib, energetika tarmog‘iga oid xalqaro shartnomalarni imzolash tadbirlarida nufuzli mehmonlarga sovg‘a sifatida topshirilgan.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Jamiyat tomonidan bu kabi esdalik sovg‘alarni tanlashda milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, soha vakillarini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash masalalariga birlamchi yondashiladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati.

  • 29.08.2023
  • 1871
Sayt xaritasi